16:46 / 11.05.2021
2 348

«Turon» bosh murabbiyi: «Biz ham insonmiz. Bizda ham sabrning chegarasi bor»


«Turon» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «OKMK»ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fikr bildirdi deb, xabar bermoqda «Championat.asia».

Skrin: Facebook / «Championat.asia»
"Biz ham insonmiz! Bizda ham sabrning chegarasi bor. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, butun umrga futboldan ketaman, lekin o‘zim bilan ko‘pchilikni olib ketaman. Bugunmi, ertagami, barchasining javob bor. Allohdan qo‘rqinglar", - degan «Turon» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov.

Ismoilov ushbu munosabatini katta ehtimol bilan uchrashuvning 35-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli holatga nisbatan bildirgan. O‘sha vaziyatda «Turon» a’zolari Dayan Ponevichning zarbasi chiziqni kesib o‘tdi degan fikrni ilgari surdi. Biroq hakamlar to‘p darvozaga kirmaganini ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Turon» bosh murabbiyi: «Biz ham insonmiz. Bizda ham sabrning chegarasi bor»