Vazirlar Mahkamasining «Futbol klublari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari Toshkent shahar hokimligiga, yana 11ta klubning ulushi davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘tkazib berildi.
Qarorga muvofiq, «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushi Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi.
Bundan tashqari, «Nasaf», «Olmaliq», «Buxoro», «Neftchi», «Lokomotiv», «Sho‘rtan», «Dinamo plyus», «Metallurg», «Mash’al», «Navbahor lochinlari» va «Surxon» professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘tkazildi.
Shuningdek, qarorda davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 13ta futbol klubining bosh homiylari sifatida nazarda tutilgan.
Avvalroq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatiga «Paxtakor» futbol klubini ham qo‘shgan edi. Klub 2020 yilda 82,7 milliard so‘m zarar ko‘rgani ta’kidlangandi.
Klub esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga e’tiroz bildirib, klub davlat budjetidan mablag‘ olmasligini, balki uning budjeti to‘lig‘icha « SFI Management Group» MCHJ tomonidan shakllantirib kelinganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, klub bayonotida Davaktiv agentligini to‘g‘ri va xolis axborot tarqatishga chaqirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi