17:27 / 16.05.2021
2 194

"Oloy" bosh murabbiyi: "Nasaf" - nafaqat guruhimiz, balki musobaqa favoritlaridan biri"


Foto: championat.asia
OFK kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oloy" bosh murabbiyi No‘’monjon Yusupov va futbolchi Almazbek Malikov ishtirok etdi.

"Oltin Asr" guruhdagi yaxshi jamoalardan biri, jamoa OFK kubogida muntazam ishtirok etib keladi. Yaxshi futbolchilarga ega va yaxshi jamoa. Raqibning kuchini bilamiz. "Xo‘jand" bilan o‘yinni tomosha qildik, o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga va munosib o‘yin ko‘rsatishga urinamiz. Afsuski "Nasaf" bilan bahsda ikki nafar asosiy futbolchilarimiz jarohat oldi. Ertangi bahsdan oldin bizning vazifamizni og‘irlashtiradi. Sababi zaxiramiz uzun emas. Shunga qaramay munosib o‘ynashga harakat qilamiz.

"Oloy" OFK kubogida bir necha bor ishtirok etgan. Lekin tarkibimizdagi futbolchilarning ko‘pi hali yosh. Ular uchun bu tajriba maktabi bo‘ladi.

To‘g‘ri "Nasaf"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydik. Ammo "Nasaf" nafaqat guruhimizning balki musobaqaning favoritlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlarini tomosha qilib chiqqandik. Tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar yosh va birgina legioneri bor. Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi taymda tajriba yetishmadi deb o‘ylayman. Shunday kuchli raqiblar bilan o‘yinlarda tajriba to‘planadi.

Birinchi turda ochiq futbol namoyish etmadik. Sababi "Nasaf"ga qarshi ochiq o‘yin ko‘rsatsak bundan ham yirik hisobda yutqazardik. Ertangi bahsda albatta taktikani o‘zgartiramiz va hujumkor o‘yin ko‘rsatishga urinamiz. "Oltin Asr" safida ham tezkor futbolchilar ko‘p. Shu bois himoyadan hujumga o‘tishda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.

Takrorlayman tarkibimizdagi ko‘p futbolchilarga tajriba yetishmayapti. Ikkinchi turdan oldin tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq. Jamoamiz sardori va Ahliddin Isroilov ertaga maydonga tusha olishmaydi, ularning o‘rni bilinadi. Gol urish uchun ko‘proq hujumga o‘tamiz", - deydi No‘’monjon Yusupov.

"Dastlab tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. "Oltin Asr"ni o‘rgandik va bu jamoani yaxshi bilamiz. Ertaga qiyin o‘yin bo‘ladi", - deydi Almazbek Malikov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Oloy" bosh murabbiyi: "Nasaf" - nafaqat guruhimiz, balki musobaqa favoritlaridan biri"