23:48 / 16.05.2021
2 379

«Shabob al-Ahli» 90+4-daqiqadagi gol evaziga BAA prezidenti Kubogini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha BAA prezidenti Kubogining final bahsi doirasida «Shabob al-Ahli» 16 may, yakshanba kuni «An-Nasr» bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida «Shabob al-Ahli»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dubay klubi safida Fediriko Kartabia dublga erishdi. U dastlabki golini birinchi bo‘limda kiritgan bo‘lsa, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. «An-Nasr»ning javob to‘pi esa Mehdi Abed hisobiga yozildi.

«Shabob» safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchilar Jaloliddin Masharipov va Odiljon Hamrobekov mazkur uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa «Shabob al-Ahli» final o‘yinida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalroq jamoa BAA Liga Kubogiga ega chiqqandi.

BAA prezidenti Kubogi
Final bahsi
16 may, yakshanba
«Shabob al-Ahli» — «An-Nasr» 2:1
Gollar:
1:0 — 44 Kartabia, 1:1 — 81 Abed, 2:1 — 90+4 Kartabia.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Shabob al-Ahli» 90+4-daqiqadagi gol evaziga BAA prezidenti Kubogini qo‘lga kiritdi