20:02 / 19.05.2021
2 902

“Real” 10 ta yulduziga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ydi


“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida birinchi jamoaning 10 nafar futbolchini transferga qo‘yadigan bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Madrid klub safini tark etadiganlar ro‘yxatiga himoyachilardan Rafael Varan, Marselo, hujumkor yarim himoyachilardan Garet Beyl, Marko Esensio va Eden Azar kiritildi.

Shuningdek, hujumchilardan Mariano Dias, Borxa Mayoral, Luka Yovich, yarim himoyachilardan Isko va Dani Sebalos ham sotib yuboriladi.

Madridliklar bu transferlardan keladigan mablag‘ni Erling Xoland, Kilian Mbappe, Pol Pogba, Eduardo Kamavinga singari yangi yulduzlarni olishga yo‘naltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” 10 ta yulduziga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ydi