20:57 / 19.05.2021
1 779

Odil Ahmedov JCH-2022 saralash o‘yinlariga qadar tiklana oladimi?


Bir necha kun avval O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Xitoyning "Sanchjou Mayti Layons" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov qovurg‘asidan jarohatlangani borasida xabar bergandik.

Bugun O‘FA matbuot xizmati terma jamoa sardori bilan intervyu tashkil qildi va unda Ahmedov o‘zining hozirgi holati borasida ma’lumot berdi.
- Klubim safiga borib qo‘shilganimda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. O‘sha payt qovurg‘am sindi. Shu holatda ham og‘riq kuzatildi, lekin o‘ynashga harakat qildim. Ikkita bellashuvda maydonga tushdim. Uchinchi o‘yinda yana shu joyimga zarba berishganidan so‘ng shifokorlarga ko‘rigidan o‘tsam, ikkinchi marta singan ekan.

Oldimizda muhim o‘yinlar borligi uchun klubim ishtirokidagi ikkita uchrashuvni qo‘yib yuborib, O‘zbekistonga kelib davolanmoqdaman.

O‘ylaymanki, terma jamoaning o‘yinlarigacha hammasi joyiga tushadi. Besh kundan beri terma jamoada jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Mirko Yelichich bilan alohida shug‘ullanishni boshladim. Og‘riq bor, lekin terma jamoa bo‘lganligi uchun va qolaversa, avval ham bunday jarohatlarda ukol olib maydonga tushganmiz.

Shu bois muhim bahslarda og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan bo‘lsa ham o‘ynashga tayyorman. Ertadan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilaman. O‘ylaymanki, unga qadar jismoniy taryyorgarligim yaxshi bo‘ladi, deb umid qilaman, - dedi Odil Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov JCH-2022 saralash o‘yinlariga qadar tiklana oladimi?