
Yozgi transferlar vaqtida 20 nafarga yaqin futbolchisini sotib yuborishga tayyorlanayotgan “Barselona” parallel ravishda Kataloniyaga olib kelinadigan yangi ijrochilarni topishga ham e’tibor qaratmoqda.
Ronald Kuman boshchiligidagi murabbiylar shtabi chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida “Atalanta” vakili Robin Gosensni asosiy nishon sifatida belgiladi. Tez orada kataloniyalik mutasaddilar germaniyalik futbolchi vakillari bilan bog‘lanadi.
Xabaringiz bor, "Atalanta" va "Jenoa" bahsida Eldor Shomurodov Gasens boshchiligidagi raqib himoyasini ikki marta yorib o‘tib, dublga erishgan edi.
Agar Germaniya terma jamoasi o‘yinchisini olishning imkoni bo‘lmasa, ikkinchi variant sifatida “Leypsig” a’zosi Anxelinoga taklif yuboriladi. Shuningdek, kataloniyaliklar ro‘yxatidan “Valensiya” himoyachisi Xose Gayya ham o‘rin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.