15:42 / 28.05.2021
767

Rasman: «Yuventus» Andrea Pirloni iste’foga chiqardi

Rasman: «Yuventus» Andrea Pirloni iste’foga chiqardi

Foto: Twitter
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy Andrea Pirloni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Andrea Pirlo «Yuventus»ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. U 2020-2021 yilgi mavsumda jamoani boshqardi, Italiya superkubogi va Italiya kubogi qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, A seriyadagi omadsizlik sabab Pirlo klub bilan faoliyatini to‘xtatdi.

«Maestro, ko‘rsatgan jasorati, fidoyiligi va ishtiyoqi uchun minnatdormiz. Kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz»,— deyiladi xabar so‘nggida.

Insayderlarga ko‘ra, Massimiliano Allegri Pirloning o‘rnini egallashi aniq bo‘lib ulgurgan. Rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.

42 yoshli mutaxassis 2020/21 yilgi mavsum boshida Turin klubini qabul qilib olib, 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi. Klub uning qo‘l ostida Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. A Seriyada esa to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Qayd etish o‘rinli, «Yuventus» 2020/21 yilgi mavsumda 2012 yildan beri ilk marta A Seriya g‘olibligini qo‘lga kirita olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Rasman: «Yuventus» Andrea Pirloni iste’foga chiqardi