10:23 / 30.05.2021
2 576

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazadi


Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Milliy Terma jamoasi BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in davomida vakillarimiz bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi, biroq Avstraliya bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yini ayrim sabablarga ko‘ra bekor qilindi.

Bugun Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022-yilda Qatar maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon Chempionatiga tayyorgarlik yo‘lida Tailand terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazadi. Uchrashuv 30 daqiqalik 3 ta taymdan iborat shaklda o‘tkaziladi.

Kuni kecha Tailand termasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va tomonlar 2:2 hisobidagi durang qayd etishdi. Demak tailandliklar 2 kunda 2-nazorat bahsini o‘tkazishadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazadi