Chempionlar ligasining joriy mavsumida kim qancha pul ishladi?

Yevropaning to‘rtta klubi 2020/2021 yilgi UEFA Chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun 100 million yevrodan oshiqroq bonusga ega bo‘ldi.
29 may kuni "Dragau" stadionida klublar o‘rtasidagi Yevropaning asosiy kubogi - UEFA Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda 13 yil ichida uchinchi marta ingliz jamoalari mavsumning hal qiluvchi o‘yinida to‘qnash kelishdi. Roman Abramovich boshqaruvidagi "Chelsi" ikkinchi marta "Manchester Siti"ni 1: 0 hisobida mag‘lub etib, qit’aning eng kuchli klubiga aylandi. Dastlab ular o‘rtasidagi o‘yin Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo UEFA uni epidemiologik vaziyat nisbatan yaxshiroq bo‘lgan Portugaliyaga ko‘chirdi.
Pandemiya davrida stadionlarda muxlislar kamligi, teletranslyatsiyalar va reklama beruvchilardan tushadigan daromadlarning kamaygani bois, milliy chempionat va Yevropa musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali yaxshigina bonuslar jamg‘arib olish imkoniyati mavjudligi klublarga qo‘l keldi. Yevropaning yetakchi ligalari jamoalari Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqani uchun avtomatik ravishda kamida 25 million yevroga ega bo‘ladi. Masalan, Belarus yoki Kiprga o‘xshagan ba’zi mamlakatlar klublari Chempionlar ligasiga chiqsa, ular buning uchun beriladigan bonus evaziga deyarli bir yillik xarajatlarini qoplaydi. Turnirning amaldagi ishtirokchilari UEFAdan jami 1,9 milliard yevrodan ko‘proq pul oladi va agar UEFA o‘tgan yilgi moliyaviy zararni qoplashni istagan mahfiy soliqni (3,6%) kiritmaganida, bu miqdor yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi.

UEFA bonus ma’lumotlarini turnir tugaganidan yetti-to‘qqiz oy o‘tgach e’lon qiladi, ammo uni oldingi mavsumlarning mukofot puli asosida mustaqil ravishda hisoblash mumkin.
Mukofot pullari qanday shakllantiriladi?
Ayni paytda faqat “Midtyulland” (Daniya) va “Ferentsvarosh” (Vengriya) klublarining mukofot pulllarini katta aniqlik bilan hisoblab chiqish imkonsiz, chunki avvalgi ikki mavsumda Daniya va Vengriya klublari Chempionlar ligasining guruh bosqichida o‘ynamagan. Ammo, musobaqa tendentsiyalari va Yevropa ligasidagi to‘lovlarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, daniyaliklar 20 million yevrodan, vengerlar esa 17 million yevrodan ko‘proq olishadi.
Jamoalarning bonus miqdori to‘rtta tarkibiy qismdan iborat:
-ma’lum bir bosqichda qatnashganligi uchun bonuslar (natijalaridan qat’iy nazar);
-guruh bosqichidagi natija uchun bonuslar (o‘yinlar natijalari uchun bonuslar);
-UEFA klublarining 10 yillik reytingiga asoslangan tarixiy bonus;
-asosan televizion huquqlarni sotishdan tushadigan marketing bonusi.
Jamoa hozir va so‘nggi 10 mavsumda qanchalik yaxshi natijalarga erishgan bo‘lsa, shuncha ko‘p pul oladi. Chempionlar ligasini namoyish qilish huquqi uchun ma’lum bir mamlakatda UEFA qancha ko‘p pul to‘lasa, mahalliy klublarga marketing bonusidan shuncha ko‘p pul tushadi. Shuning uchun Angliya yoki Ispaniya klublari Rossiya yoki Vengriya jamoalariga qaraganda bir necha marotaba ko‘proq daromad olishadi.
Mantiqan Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bitta klub bir mavsumda 200 million yevrodan ko‘proq pul ishlab olishi mumkin, bu musobaqa shartlarida aniq ko‘rsatilgan, buning uchun bitta jamoa guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, chempion bo‘lishi kerak. Qolgan jamoalar barcha o‘yinlarda durang qayd etishi kerak. Bunday bo‘lishi deyarli imkonsiz albatta. Hozirga qadar ishlab topilgan bonuslar bo‘yicha rekordchi PSJ hisoblanadi. O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, parijliklar musobaqa finalida "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lganiga qaramay UEFAdan 126,8 million yevro olishgan. Gap frantsuzlar televizion huquqlarni nemislarga qaraganda qimmatroqqa sotganligi uchun UEFA tomonidan marketing bonusini ko‘proq olganidadir.

Kim va qancha ishladi?
Bu safargi eng katta pul mukofoti chempion - "Chelsi"ga nasib qildi. Tomas Tuxel shogirdlari "Manchester Siti" ustidan qozonilgan finaldagi g‘alabasi evaziga UEFAdan 120,3 million yevro oladi.
"Manchester Siti" klubi "Chelsi"dan biroz orqada qoldi - 119,6 million yevro. Bunday kichik farq “shaharliklar”ning televizion huquqlarini sotishdan katta daromad olishlari bilan izohlanadi.
Bu yilgi daromad bo‘yicha uchinchi o‘rinda - o‘tgan mavsum peshqadami, 110,45 million yevro ishlab olgan PSJ qayd etildi. "Real"ning EChLdagi daromadi frantsuz grandidan biroz kamroq - 110,44 million yevroni tashkil qildi. Ammo madridliklar tarixiy natijalari uchun beriladigan mukofot pulini PSJga qaraganda deyarli 8 million yevro ko‘p olishdi.
Musobaqaning o‘tgan yilgi chempioni - "Bavariya" bu mavsum chorak finaldayoq o‘yindan chiqdi. Shu sababli, nemis klubining mukofot puli 125,5 million yevrodan 93,3 million yevrogacha pasayib ketdi. 2019 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan "Liverpul" 88,5 million yevro ishlab oldi.
Shuningdek, kuchli 8 talikdan "Barselona" va "Yuventus" joy oldi. Lekin "Yuventus" 1/8 finalda "Portu"ga yengilgan bo‘lsada, UEFAdan portugaliyaliklarga qaraganda deyarli 12 million yevro ko‘proq oladi. Ushbu "adolatsizlik" Italiyada Chempionlar ligasini namoyish qilish uchun televizion huquqlarning Portugaliyaga qaraganda ancha qimmatligi va Krishtianu Ronaldu turgan "Yuventus"ning tarixiy reytingi yuqoriroq bo‘lganligi bilan izohlanadi.

Reytingning birinchi yarmida pley-offga chiqqan 15ta jamoa bor edi. Faqatgina o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan "Manchester Yunayted" bundan mustasno. “Qizil iblislar” Chempionlar ligasida 62,2 million yevro ishlab oldi, ammo Yevropa ligasida ular finalga qadar etib borgan bo‘lsada, buning uchun ular bor yo‘g‘i 14 million yevro bonus olishdi xolos.
Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘rtasidagi farq juda katta. Masalan, finalda "Manchester Yunayted"ni mag‘lubiyatga uchratgan Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi 32 million yevro ishlab oldi xolos. Bu Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichidayoq chiqib ketgan "Sevilya"ning olgan bonusidan ikki barobar kam deganidir. Ehtimol, kelasi mavsumda Yevropa ligasini kuchsiz jamoalardan "tozalash" kerak bo‘lgan uchinchi Yevropa kubogi (Konferentsiyalar Ligasi) paydo bo‘lishi sababli ikkinchi turnirdagi mukofot pullari ko‘payishi mumkin.

Izohlar 0
…