19 iyun kuni Golden Boy kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschi Gabriel Rosadoga (25-13-1, 14KO) qarshi jang qiladi. Ushbu bahs oldidan Rosado o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
"Sizlarga vada beramanki, bu bolani nokautga uchrataman. Men u bilan hakamlar nokaut qayd etganimni sezguniga qadar boks tushaman,"-dedi u o‘zining sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobsga qarshi jangidagi hakamlar qaroridan norozi bo‘lib.
"Bektemirda faqat bitta zarba bor (tanaga) va biz shu bir zarbali yigitchani tezda joyiga tushurib qo‘yamiz. Men unga Jeykobs bilan bo‘lgani kabi boks darsini o‘qitib qo‘yaman. Agar shu bir zarbasi bo‘lmasa, nima qilishini bilmay qoladi. U 6-raundgacha charchaydi va u yog‘iga nima bo‘layotganini tushunmaydi", - dedi Rosado.
Bektemir ham bu fikrlarga jim turgani yo‘q.
"Rosadoga hurmatim baland. Unga mashg‘ulotlarda jarohatlardan holi bo‘lgan yondoshuvni tilab qolaman. Undan ringda eng kuchli qarshilikni kutaman", - deya javob berdi Meliqo‘ziyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?