PSJ mavsumlar oralig‘ida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar allaqachon 36 yoshli portugaliyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan va muzokaralarni boshlab yuborishgan. PSJ Ronalduni 25-30 million yevroga sotib olishni yoki uning evaziga “Yuventus”ga argentinalik hujumchi Mauro Ikardini berishni rejalashtirmoqda.
Bundan avvalroq Ronaldu PSJda “Real”ga o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappening o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ronaldu o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 36 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?