09:00 / 04.06.2021
2 864

“Jenoa” yetakchisiga to‘rt yillik shartnoma taklif qiladi


Mavsumni A Seriya musobaqa jadvalining o‘rtasida yakunlagan “Jenoa” rahbariyati “Marsel”dan olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotmanga to‘rt yillik yangi bitim taklif qilib, uni jamoa safida olib qolmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Genuyaliklar  31 yoshli futbolchining maoshini ikki karra oshirishni taklif qilyapti.

Mavsum yarmidan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylangan niderlandiyalik yarim himoyachi A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta golli pas oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada sakkizta golga mualliflik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Jenoa” yetakchisiga to‘rt yillik shartnoma taklif qiladi