15:06 / 04.06.2021
1 774

Poytaxtlik MIB xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda


Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.

Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Muhtaram prezidentimizning yuqoridagi muommolarning yaqqol va sog‘lom yechimi etib belgilangan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakillantirish orqali xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, Byuro xodimlari doimiy sportga jalb etilgan bo‘lib bu borada xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari o‘rtasida sportning yuqorida ko‘rsatilgan turlari bilan musobaqalar tashkillashtirilib, o‘tkazilgan o‘yinlarda Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari futbol musobaqasida Toshkent shahrida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Byuro xodimlari o‘rtasidan sport musobaqalari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Poytaxtlik MIB xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda