Jahon Chempionati 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda futbolchilarimiz 5:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Birinchi navbatda yigitlarni tabriklagan bo‘lardim, sababi bunday qiyin sharoitda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Albatta, hisob xursand qiladi, ammo bunday o‘yin uchun ko‘plab sariq kartochkalar va jarohatlangan o‘yinchilar ham bor. Maydon biroz qattiqroq, bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman, ammo o‘yinchilar oyoqlarini shikastlab olishdi, afsus.
O‘yin borasida ham e’tirozlar bor. Umid qilamanki, bu ilk o‘yindagi jayajon bilan bog‘liq holat. Ertaga tizzasidan jarohat olgan o‘yinchilarning holati aniq bo‘ladi. O‘yinda majburiy o‘zgarishlar bo‘ldi va rejaga biroz putur yetdi, ayrim o‘yinchilarga dam bermoqchi edik, ammo ular oxiriga qadar o‘ynashga majbur bo‘lishdi", - deydi Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?