16:28 / 08.06.2021
2 421

Shavkat Mirziyoyev Everestni zabt etgan alpinistni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni va Trailblazer avtomobili bilan mukofotladi


Everest cho‘qqisiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 8 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Sergey Denisenko «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
E’lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki sportchiga mukofotni O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov topshirgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, o‘zbekistonlik alpinistga Trailblazer avtomobili ham sovg‘a qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1 iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilgandi.  Qayd etilishicha, bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta Everest cho‘qqisiga chiqishi. Everestga ko‘tarilishning ushbu mavsumi anomal va nobarqaror ob-havo sharoitiga to‘g‘ri kelgan. Ekspeditsiya taxminan 2 oy davom etgan. Cho‘qqiga chiqish O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Everestni zabt etgan alpinistni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni va Trailblazer avtomobili bilan mukofotladi