
“Navbahor”dan iste’foga chiqarilganidan beri o‘ziga yangi jamoa topa olmayotgan Andrey Kanchelskis Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi o‘yinini keskin tanqid qildi. Rossiyalik debyut uchrashuvida Belgiyadan 0:3 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
- Bu bahsda bitta jamoa o‘ynadi. Belgiya hech qanday qiyinchiliksiz zafar quchdi. Biz yig‘inlarda nimani mashq qilganimiz tushunarsiz. O‘rtacha terma jamoalarni yutamiz xolos, nimani evaziga guruhdan chiqishimizni bilmayman.
San-Marino va Kiprga qarshi o‘yinimizni ko‘rsata olamiz, Belgiya bilan o‘yinda esa saviya yo‘qolib qoladi.
Aslida futbolimizda katta muammo bor: futbolni o‘ldirib bo‘lishgan, - dedi Andrey Kanchelskis.
Rossiya terma jamoasi ikkinchi uchrashuvni Sankt-Peterburgda Finlyandiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 16 iyunga belgilangan. Finlyandiyaliklar birinchi bahsda Daniyani kichik hisobda yengdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar