19:43 / 13.06.2021
2 216

To‘rt nafar sportchimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi


Poytaxtimizda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangan.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko‘rinishida 4 ta yo‘llanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali yigitlarimizdan Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘rayev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullayeva (-76 kg) Tokio-2020 yo‘llanmalariga sazovor bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘rt nafar sportchimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi