07:33 / 14.06.2021
973

Yevro-2020. Niderlandiya Ukrainani zo‘rg‘a mag‘lub qildi

Yevro-2020. Niderlandiya Ukrainani zo‘rg‘a mag‘lub qildi

Yevropa chempionati 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiya - Ukraina uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda maydon egalari 
Dastlab, ikkinchi taym boshida Veynaldum hisobni ochgan bo‘lsa, Vegorst oradan biroz o‘tib hisobdagi farqni oshirdi.

Shundan keyin xotirjamlikka berilgan "lolalar yurti vakillari" 4 daqiqa ichida 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Biroq o‘yin so‘ngiga qadar Damfris jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.
Shu tariqa, De Bur shogirdlari Avstriyadan keyin 2-o‘ringa joylashdi. Ukraina esa, 3-pog‘onada joylashgan.

Niderlandiya – Ukraina 3:2
Gollar:
1:0 – 52 Veynaldum, 2:0 – 58 Vegorst, 2:1 – 75 Yarmolenko, 2:2 – 79 Yaremchuk, 3:2 – 85 Dumfris.
Niderlandiya – Stekelenburg, Dumfris, de Vrey, Blind (Ake, 64), van Anxolt (Veyndal, 64), Veynaldum, de Yong, de Ron, Timber (Veltman, 88), Depay (Malen, 90), Vegorst (de Yong, 88).
Ukraina – Bushchan, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Karavayev, Zinchenko, Sidorchuk, Zubkov (Marlos, 13; Shaparenko, 64), Malinovskiy, Yarmolenko, Yaremchuk.
Ogohlantirishlar: Sidorchuk (90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Yevro-2020. Niderlandiya Ukrainani zo‘rg‘a mag‘lub qildi