To‘yda operatorlar ilg‘amagan eng samimiy lahzalarni it tasvirga oldi (video)

AQSHdagi to‘y marosimlaridan birida odatdagidan butunlay farqli “operator” paydo bo‘ldi. Kelin besh yoshli Svayz laqabli itiga GoPro kamerasini o‘rnatib, to‘yni uning nigohida tasvirga olishga qaror qildi.
Kutilmaganda, itning kamerasi orqali olingan kadrlar professional operatorlar ham payqamagan tabiiy va samimiy lahzalarni namoyon qildi.
Videodagi eng ta’sirli lavhalardan biri Svayzning kelinning 91 yoshli buvisi yoniga borgan payti bo‘ldi. It qariya ayol bilan qariyb 20 daqiqa birga vaqt o‘tkazgan.
Ushbu samimiy muloqot to‘y videosining eng iliq va esda qolarli qismlaridan biriga aylangan.
Keyinchalik video internetga joylanib, qisqa vaqt ichida keng tarqalgan. U millionlab marta tomosha qilinganidan so‘ng “Good Morning America” dasturi va “People” nashrida ham namoyish etilgan.
Shu tariqa, to‘yga oddiy mehmon sifatida kelgan Svayz tasodifan marosimning eng esda qolarli kadrlarini suratga olgan “operator”ga aylandi.






























Izohlar 0
…