
Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bu jamoa markazlashgan tartibdagi o‘yinlarni ijobiy ruhda o‘tkazib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Terma jamoa hal qiluvchi bosqichga chiqqan bo‘lishiga qaramay, bosh murabbiy Srechko Katanes o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bunga sabab sloveniyalik murabbiyning besh oydan berish maosh olmagani.
Iroq futbol federatsiyasi hozircha murabbiy ketganini rasman tasdiqlagani yo‘q. Bu haqda Iroq olimpiya termasi ustozi Miroslav Soukup jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida kutilmaganda og‘zidan gullab qo‘ydi. Srechko Katanes agar maoshlar to‘liq to‘lab berilsa yana o‘z ishiga qaytishi mumkin.
Iroq Terma JamoasiJCH-2022Srechko KatanesFutbol FederatsiyasiMiroslav SoukupMurabbiy Maoshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar