Qozog‘istonning "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda meta-ratings.kz nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga Polsha va Chexiya klublari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi uchun "Aktobe"ga 75 000 yevro taklif qilmoqda.
Oxirgi paytda "Aktobe"dagi moliyaviy holat yomonlashgani borasida xabarlar yangragan, shuning uchun jamoa Sergeyevni sotishi mumkin. Qozog‘iston klubi bu orqali tarkibdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchini qo‘yib yuborish va uni sotish orqali pul ishlash imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Igor Sergeyev "Aktobe"da oyiga 19 000 ming dollar maosh oladi. Hamyurtimiz klubisafidagi 15 uchrashuvda 7 ta gol urdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi