14:30 / 03.07.2021
2 732

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Italiya klubiga o‘tishi mumkin


O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi o‘yinchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan telegramdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Jenoa" klubi "sherlar" himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshevni xarid qilmoqchi. 20 yoshli futbolchining transferi shu yili yozda amalga oshishi mumkin. Muzokaralar bilan ProSportsManagement va Valerio Juffrida shug‘ullanmoqda. Ular Shomurodovni Genuyaga ko‘chib o‘tishida ishtirok etishgan.

- Ammo, Yo‘ldoshev katta ehtimol bilan 21/22 mavsumni Sonda o‘tkazadi. Bu Italiyada Yevropa Ittifoqi tashqarisidan legionerlar qo‘shilishi bilan bog‘liq. Genuya rahbariyati Shveysariyadagi bir yil Yo‘ldoshevga foyda keltiradi, deb hisoblamoqda. Bunda u Yevropaga moslashib, tilni o‘rganadi va 2022 yilda Genuyaga yetib boradi, - deya yozib qoldirdi Nobel Arustamyan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Italiya klubiga o‘tishi mumkin