20:44 / 04.07.2021
5 571

"O‘zbekiston MTJda qancha xorijlik murabbiy ishladi? Ro‘ziqul Berdiyev munosib nomzodlardan"


O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati 2-saralash bosqichida qolib ketishi hazm qilib bo‘lmaydigan holat, sharmandali natija. Saudiya Arabistonidagi bellashuvdan so‘ng terma jamoa va uning atrofida turli fikrlar yangramoqda. Ayniqsa, bosh murabbiy masalasida.

Terma jamoamizga mahalliy murabbiy kerakmi yoki xorijdan? degan savolga har kim turlicha qarashlarga ega ekanligini bildirmoqda. Ulardan ayrimlarini saytimiz orqali taqdim etdi. Endi esa yaqindagi "Turon" klubi ustoziga aylangan Igor Shkvirinning bu boradagi fikrlarini taqdim etamiz.

- Bizda shu paytgacha terma jamoada qancha xorijlik murabbiy ishladi? Kuperga qadar nemis mutaxassisi ham termamizni boshqardi. Ular bilan nimaga erishdik, hech narsaga! Mening fikrimcha, terma jamoani mahalliy, futbolimizni ichidan juda yaxshi biladigan murabbiy boshqargani ma’qul. Masalan, Ro‘ziqul Berdiyev o‘z ishi bilan ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirib keladi. U “Nasaf”dagi faoliyati davomida eng yaxshi futbolchilar tarqalib ketganiga qaramay, ko‘pchilikka umuman tanish bo‘lmagan yoshlardan raqobatbardosh klubni shakllantirdi. Uning qo‘l ostidagi “Nasaf”ning bugungi kunda ikkita frontda – Superliga va OFK Kubogida qanday ishtirok etayotganini barcha ko‘rib turibdi.

Menimcha, Berdiyevni ham nomzodlardan biri sifatida ko‘rish yaxshi bo‘lardi. Bu mening fikrim, albatta. Uning ishini chetdan kuzatib kelayotganim bois shunday deyapman. Yana mening fikrim shundan iboratki, bizga xorijlik mutaxassis kerak emas. Chunki shunday murabbiy kelsa, avvaliga mahalliy mentalitet va futbolga moslashishi uchun yarim yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. Nemis mutaxassisi ishni xuddi armiyadagi rejim kabi olib boradi. Ovqatlanishga saf tortib ketish, qisqa daqiqalarda yeb-ichish... Menimcha, ularda shunday bo‘lsa kerak. Bizda ishlar bu tariqa yuritilmaydi. Chempionatimizda o‘zini ko‘rsatgan mahalliy murabbiylardan biriga terma jamoani boshqarishni topshirish ma’qulroq, deb hisoblayman, - dedi Shkvirin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "O‘zbekiston MTJda qancha xorijlik murabbiy ishladi? Ro‘ziqul Berdiyev munosib nomzodlardan"