00:08 / 05.07.2021
2 515

"So‘g‘diyona" Qarshida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi


Bugun O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan so‘nggi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Nasaf" o‘z maydonida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va Husain Norchayevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, 90-daqiqada Marko Kolakovich tomonidan kiritilgan gol VAR aralashuvidan so‘ng bekor qilindi. Uchrashuv yakunida esa har ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida ommaviy janjal yuzaga keldi va Sherzod Nasrullayev, Husniddin Aliqulov va Jamshid Boltaboyev maydondan chetlatildi.

"Nasaf" – "So‘g‘diyona" - 1:0
Gollar:
Husayin Norchayev 53, - 1:0 (Sherzod Nasrullayev).

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov, 19.Husayin Norchayev (20.Suhrob Nurulloyev, 69), 22.Akmal Mozgovoy, 25.Muhriddin Zoirov, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Abubakr Rizo Turdaliyev (6.Murodbek Rahmatov, 86), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 28.Sardor Sadullayev, 50.Shohmalik Komilov, 71.Jasur Jumayev, 77.Oybek Bozorov.

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov (28.Ergash Ismoilov, 46), 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov (77.Sahob Rashidov, 75), 11.Jasur Hasanov (7.Arslanmirat Amanov, 75), 17.Shahboz Jo‘rabekov, 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 14.Daniel Nasriddinov, 20.Bahodir Nasimov, 63.Asiljon Begimqulov.
Ogohlantirishlar: Husniddin Aliqulov 79, Bahodir Nasimov 89, Luka Chermel 90+11, Umar Eshmurodov 90+11, Marko Kolakovich 90+11.
Chetlatishlar: Jamshid Boltaboyev 90+10, Sherzod Nasrullayev 90+10, Husniddin Aliqulov 90+12.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" Qarshida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi