2 716
Hamrobekov va Hamdamov qaytadimi? Ibrohimhalil Yo‘ldoshev "Jenoa"ga o‘tadimi? — Piter Xyuistra
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari ishtirokidagi o‘yin o‘z nomi bilan derbi. Qiziqish katta bo‘ladi. Bugun o‘yinni juda yaxshi boshlay olmadik. Raqib birinchi zonada bizni pressing bilan qarshi oldi. Ayrim urinishlarimiz o‘xshamadi. Birinchi gol muhim pallada urildi deb o‘ylayman. Tanaffusda ba’zi bir narsalarni o‘zgartirdik. Abror Ismoilov maydonga tushgach balans yuzaga keldi va o‘yinni nazorat qildik, ikkinchi golni urdik. Oldinda bizni tanaffus kutyapti. Bir hafta ichida mashg‘ulotlarga qaytamiz", – deydi Piter Xyuistra.
- Ibrohihalil Yo‘ldoshevning maydonga tushmayotgani raqobatda yutqazayotganidanmi yoki kuchli jamoalardan taklif bo‘lgani uchun diqqatni yo‘qotdimi?
- Ibrohimhalil juda yaxshi o‘yinchi. Mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Bu ko‘proq tanlovga bog‘liq. Hozir Hojiakbar Alijonov maydonga tushmoqda. Ibrohimhalilga ishonganimiz uchun Akrom Komilov va Vladimir Kozakni boshqa jamoaga berishga qaror qildik.
- Futbolchining agentlari uni "Jenoa"ga o‘tishi haqida ma’lumot berdi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev A Seriya darajasiga tayyormi?
- Agent klubni xabardor qilmagani g‘alati narsa. Mazkur holatga izoh berishni istamayman. Agent futbolchiga yordam berishi kerak. O‘ziga hos ko‘prik vazifasini o‘tashi zarur. Lekin men hech narsa eshitmadim. Agar rost bo‘lsa, ko‘ramiz.
- Nima deb o‘ylaysiz, bugun ozgina bo‘lsa ham niderland va portugal futbolini ko‘rdikmi?
- Shunaqa desa ham bo‘ladi. Har bir murabbiy o‘z mamlakatidan nimadir yangilik olib kirishga intiladi. Masalan, men Yoxan Kroyfni uslubini yoqtiraman. Sekeyra ham Joze Mourinyudan nimanidir olishga harakat qilgan deb o‘ylayman. Har bir murabbiy ishlayotgan jamoasida o‘z imzosini ko‘rsatishga urinadi.
- Jamoaning sobiq futbolchilari Odil Hamrobekov va Doston Hamdamov qaytsa ham yoshlarga imkon berishda davom etasizmi?
- Yoshlar raqobatga tayyor turishi kerak. Bugungi o‘yinda to‘p tepgan Xumoyunmirzo Iminov o‘tgan uchrashuvda juda yaxshi harakat qilgandi. Uni bugun raqib futbolchilar ko‘p ta’qib qildi. Abror Ismoilov bahsga qo‘shilib, o‘yinni o‘zgartirdi. Yoshlar shu jarayonda o‘sib borishi kerak. Iminov aqlliroq va tajribali futbolchilarga qarshi qanday o‘ynash lozimligini bugun ko‘rdi. Odil Hamrobekov qaytadi. Doston Hamdamov borasida aniq gap ayta olmayman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi