09:21 / 05.07.2021
2 638

Konkabayev Bahodir Jalolovning so‘nggi yillarda qay darajada o‘zgargani haqida gapirdi


Qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev o‘z intervyularidan birida Bahodir Jalolovning yaxshigina kuchaygani haqida gapirdi.

- Bahodir Jalolov 2015 - 2021 yillarda qay darajada o‘zgardi? Oradan olti yil o‘tdi. U faoliyatingizdagi eng asosiy raqiblardan biri.
- O‘ylaymanki, u Amerikaga borganidan so‘ng kuchaya boshladi. U nisbatan oldin u yerda shug‘ullana boshladi. U yerda boksga umuman boshqacha ko‘z bilan qarashadi. Jismoniy tomonlama ham ishladi. Raqiblar ham yaxshi edi. Ortis u bilan sparring o‘tkazdi. Bu narsa bokschiga tajriba, ishonch beradi. Shu sababli ham u kuchaydi. Biz esa biroz kech qolmoqdamiz. O‘ylaymanki, biz allaqachon professional va havaskor boksni birlashtirib yuborishimiz kerak edi", - dedi Konkabayev Sports True kanaliga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konkabayev Bahodir Jalolovning so‘nggi yillarda qay darajada o‘zgargani haqida gapirdi