Taniqli futbol murabbiyi - Usmon Toshev Sports.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi. Ushbu suhbatda mutaxassis bugungi o‘zbek futbolidagi muammolar va faoliyati borasidagi qiziqarli savollarga javob berib o‘tdi.
- Aytingchi, bugungi o‘zbek futbolining bori shumi? Yoki biz bor imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayapmizmi?
- Men ikkinchi variantni tanlayman. Bizda kuchli mutaxassislar bor. Iqtidorli futbolchilar ham yetarli. Afsuski, shu kunga qadar mundialga chiqa olmadik. Bu safar ham omadsizlik takrorlandi. Demak, qayerdadir xato ketyapti. Buni yaxshilab tekshirish va analiz qilish lozim. Barcha aybni Vadim Abramovga to‘nkab qo‘yish noto‘g‘ri. Mayli, uni yomon dedik, lekin hayot to‘xtab qolmaydi. Bizni yangi musobaqalar kutib turibdi. Tez orada yangi murabbiy tashrif buyuradi. Hammasi o‘z izmiga tushib ketishi uchun rahbarlarimiz muammoni negizini anglashi kerak. Hozir futbolga Prezidentimizdan tortib, oddiy xalq ham qiziqmoqda.
- Oradan 30 yil o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bunga kim javob beradi?
- Men rahbar emasman. Agar bu borada ish olib borsam, savolga javob berishim mumkin. O‘ylashimcha, barchasini qayta ko‘rib chiqish lozim. Ertaga yana shu ahvol takrorlanmasligi uchun hozirning o‘zida xatolardan xulosa chiqarish shart.
- Abramov va Haydarov iste’fo berdi. Endi o‘zbek futboli o‘zgaradimi?
- Menga ham shu qiziq. O‘zbek futboliga qaytdim. Kuzataman va o‘zgarishlardan umid qilaman. Menimcha, rahbarlar bu vaziyatdan chiqib ketish uchun to‘g‘ri yo‘lni topishi kerak. Mundialdan qolib ketishimiz fojia emas. Inglizlar va nemislarda ham kuzatilgan bunday vaziyat. Shunchaki, ishga jiddiyroq yondashish kerak. Hozir butun xalq g‘azabda. Shunday ekan, muammolar borasida yaxshilab bosh qotirish shart.
- Aytingchi, "Istiqlol" jamoasi erishgan yutuqlar ortida nima bor? Bu katta pullarning kuchimi yoki tojik futbolidagi ko‘tarilishmi?
- Hech qanday katta pullar haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas. Gap shundaki, qo‘shnilarimiz anchadan beri katta musobaqada ishtirok etmagan edi. Futbolchilar bunday turnirlarni sog‘ingan. Ular OCHLdagi har bir o‘yinda 100 foiz kuch bilan harakat qildi. Jamoaning o‘yinlarini men stadiondan turib tomosha qildim. 10 dan ortiq terma jamoa a’zolari to‘p surgani bois musobaqani kuzatib borgan edim. Bilasizmi, futbolchilar juda qiyin o‘yinlar o‘tkazdi. Hech biri erkin harakat qilmadi. Hammasi bor kuchi bilan "jang" qildi. Natija patriotizmning mevasi deb ayta olaman. Hech qanday katta pul haqida gap-so‘z yo‘q. Hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ishning mevasi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi