13:05 / 20.07.2021
4 476

Otabek Umarov Murod Xonto‘rayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi


Foto: Telegram/ Otabek Umarov
Markaziy Osiyo MMA konfederatsiyasi, MMA va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti Otabek Umarov sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

«Muqaddas ayyom arafasida o‘zbek sporti og‘ir judolikka duch keldi: do‘stimiz Murod Xonto‘rayev bevaqt vafot etdi. Yaqinlari o‘g‘lidan, turmush o‘rtog‘idan, otasidan ayrilishdi. Jangchilar ustozsiz qolishdi, MMA assotsiatsiyasi yetakchilardan birini yo‘qotdi.

Millionlab odamlarning qalblaridagi kabi mening qalbimda ham sen mardlik va qat’iyatlik namunasi bo‘lib abadiy qolasan. Oz vaqt yashading, lekin ko‘plarni ilhomlantirishga muvaffaq bo‘lding. Qodir Alloh sabring uchun mukofotlasin, birodarim. Joying jannatda bo‘lsin, chempion!», — deyiladi Otabek Umarov ta’ziyanomasida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19 iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi BMW X5 avtomashinasida avtohalokatga uchrab vafot etdi.

Mazkur YTH yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati to‘liq ma’lumot berdi.
«2021 yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 avtomobili yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Oqibatda BMW X5 haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Umarov Murod Xonto‘rayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi