19:10 / 22.07.2021
2 476

"Tokio 2020". 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi


Tokiodagi Olimpiadaning futbol bahslari tobora avj pallasiga kirib kelmoqda. Hozirgina, turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Braziliya va Germaniya o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvda, Janubiy Amerika vakillari to‘liq ustunlik qilishdi. "Everton" a’zosi Risharilson nemislar darvozasiga 3 ta gol urib turnir to‘purariga aylanib oldi.

Braziliya U-23 – Germaniya U-23 4:2  
Gollar:
1:0 – 7 Risharlison, 2:0 – 22 Risharlison, 3:0 – 30 Risharlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90 Paulino.

Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulino, 74), Mateus Kunya, Risharlison (Reyner, 74), Klaudino (Malkom, 65).

Germaniya U-23 – Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Shtax (Shlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).

Ogohlantirishlar: Piper (26), Arnold (35), Shtax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).
Chetlatish: Arnold (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Tokio 2020". 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi