20:10 / 24.07.2021
2 894

Tokio-2020. Dastlabki kun sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi


Yaponiya poytaxti mezbonlik qilayotgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk kunida 11 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etdi. Bular:
1. Muhtasar Tohirova (o‘q otish)
2. Sherzod Mamutov (qilichbozlik, yakkalik)
3. Shahboz Holmirzayev, Sobirjon Safaraliyev (eshkak eshish, juftlik)
4. Murodjon Holmurodov (velosport)
5. Sharofiddin Lutfillayev (dzyudo)
6. Denis Istomin (tennis)
7. Malika Hakimova (qilichbozlik)
8. Shahnoza Yunusova (boks)
9. Sanjar Tursunov (boks)
10. Rasuljon Abdurahimov (sport gimnastikasi)

O‘q otish. 10 metrdan miltiqdan o‘q otish dasturida ishtirok etgan Muxtasar Tohirova saralashda 622.2 ochko to‘play oldi. Bu bilan vakilamiz 33-ko‘rsatkichni qayd etdi.

Qilichbozlik. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida 19 yoshli hamyurtimiz Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodosiuga qarshi jang olib bordi va 11:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Akademik eshkak eshish. Vakillarimiz Sobir Safaraliyev va Shahboz Xolmirzayev yengil qayiqdagi juftlik bahslarida ishtirok etdi va 2000 metr masofaga kechgan dasturda 6:44.98 daqiqa natija qayd etishdi. Bu bilan ular o‘z guruhlarida to‘rtinchi o‘rinni band etishdi.

Tennis. Denis Istomin – Sumit Nagal (Hindiston). Hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kechgan murosasiz bellashuvda vakilimiz 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Vakilimiz ikkinchi setda g‘alaba qozonib, uchrashuvda biroz burilish yasagandek bo‘ldi, biroq hal qiluvchi setda hindistonlik raketka ustasiga omad kulib boqdi.

Velosport. Murodjon Xolmurodov shossedagi guruh poygasida 234 km masofada bahs olib boradi. 130 nafarga yaqin sportchi startga chiqqan bellashuvda vakilimiz 64-bo‘lib marraga yetib keldi. Qayd etish joiz, ishtirokchilarning yarmi ushbu poygada finishga yetib kela olmadi.
 
Qilichbozlik. Malika Hakimova – Yiven Sun (Xitoy). Shpaga qurolida jang olib borgan Malika Hakimova xitoylik Yiven Sunga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bellashuvda xitoylik qilichboz 15:10 hisobida g‘alaba qozondi.

Boks. Shahnoza Yunusova – Karolina Kosevska (Polsha). Bokschimiz Shahnoza Yunusovaga polshalik Karolina Kosevska raqiblik qildi. Yosh vakilamiz tajribali bokschiga qarshi munosib jang qildi. Biroq yakunda polshalik bokschi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Dzyudo. Sharofiddin Lutfillayev – Artyom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramos (Gvatemala). Biroz avval dzyudo bellashuvlarining -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfillayev ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Sharofiddin Lutfillayev kutilmaganda vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Olimpiadani erta tark etdi.

Boks. Sanjar Tursunov – Abdulxafid Benchabla (Jazoir). Jazoirlik Abdulxafid Benchablaga qarshi ringga ko‘tarilgan vakilimiz teng kurashlar ostida kechgan jangda kichik farq bilan mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi raundni o‘z ustunligida o‘tkaza olgan Tursunov qolgan raundlarda tashabbusni boy berib qo‘ydi.

Sport gimnastikasi. Erkaklar o‘rtasidagi sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov o‘z chiqishini yakunladi. U 79.064 ochko jamg‘argan holda 66 sportchi orasida 49-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio-2020. Dastlabki kun sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi