Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi sobiq raqibi professional boksda jang qildi

Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi sobiq raqibi professional boksda jang qildi
Kecha Britaniyada bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida superog‘ir vaznda Jo Joys (13-0, 12KO) va Karlos Takam (39-6-1, 28KO) jang qildi. Jang davomida katta ustunlik qilgan Joys 6-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik Joys Rio Olimpiadasi chorak finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ustidan g‘alaba qozongan. Keyinchalik u finalga qadar yetib kelgan va Toni Yokaga imkoniyatni boy bergan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar