17:50 / 29.07.2021
2 314

Odil Ahmedov: «Shomurodovning kelajakda «Barselona» yoki «Real»da o‘ynay olishiga ishonaman»


Foto: Twitter
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov Eldor Shomurodovning «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tishga yaqin turgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- "Eldor uchun juda xursandman, bu ajoyib yangilik. Umid qilamanki, u «Roma»da muvaffaqiyat qozonadi va futbolchi sifatida o‘sishda davom etadi. Eldorning kelajakda «Real» yoki «Barselona»da o‘ynay olishiga ishonaman. Buning uchun Shomurodovda hamma narsa bor. Bu butun O‘zbekiston uchun katta quvonch, u mamlakatda futbolni ommalashtiradi va barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

Joze Mourino boshchiligida Genrix Mxitaryan—Eldor Shomurodov juftligini ko‘rish juda qiziqarli bo‘ladi. Ularga Italiya chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatishni tilayman. Asosiysi jarohatlar bo‘lmasin. Faqat omad va muvaffaqiyat", - dedi Odil Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: «Shomurodovning kelajakda «Barselona» yoki «Real»da o‘ynay olishiga ishonaman»