11:55 / 30.07.2021
9 728

Tokio—2020. Dzyudochi Bekmurod Oltiboyev Rio Olimpiadasi chempioniga yutqazib qo‘ydi


Foto: Getty Images
Dzyudo bo‘yicha +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev 30 iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasidagi ishtirokini o‘tkazdi.

Dastlabki bosqichda Oltiboyev mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarni ippon bahosi bilan yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 1/8 finalda Olimpiadaning ikki karra sovrindori niderlandiyalik Henk Grol ippon orqali taslim etildi.

Bekmurod chorak finalda Rio—2016 Olimpiadasi chempioni chexiyalik Lukash Krpalekga qarshi to‘qnash kelib qoldi. Oltiboyevning nazoratida kechgan bahsda tajribali Krpalek raqibining bitta xatosi orqali vazari bahosini ishladi va yakunda g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Bekmurod bronza medali uchun kurash olib boradi. U o‘tish o‘yinida ukrainalik Yakub Xammoga qarshi tatamiga chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio—2020. Dzyudochi Bekmurod Oltiboyev Rio Olimpiadasi chempioniga yutqazib qo‘ydi