15:45 / 31.07.2021
4 693

Zoirovning asosiy raqibi Pangal kutilmaganda Olimpiada bilan xayrlashdi

Zoirovning asosiy raqibi Pangal kutilmaganda Olimpiada bilan xayrlashdi

Tokio Olimpiadasi boks bellashuvlarida tobora kuchlilar saralanib bormoqda. Biroz oldin -52 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l olgandi.

Ushbu vazndagi uning asosiy raqibi Amit Pangal nimchorak final bosqichida sensatsion tarzda o‘z yurishini yakunlashga majbur bo‘ldi. Kolumbiyalik Yuberjen Martinesga qarshi kechgan bahsda hindistonlik sportchi 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiadaning amaldagi chempioni Zoirov o‘z unvonini himoya qilish uchun asosiy da’vogar va unga bu borada Pangal jiddiy qarshilik ko‘rsatishi kutilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Zoirovning asosiy raqibi Pangal kutilmaganda Olimpiada bilan xayrlashdi
[/banner_pushhouse