09:45 / 01.08.2021
1 573

Zarruh Adashev: "Hoy, eng yengil vazn toifasi jangchilari, kutib oling men kamar tomon yo‘lga chiqdim"

Zarruh Adashev: "Hoy, eng yengil vazn toifasi jangchilari, kutib oling men kamar tomon yo‘lga chiqdim"

Ayni vaqtda AQSHning Nevada shtatida UFC Vegas 33 turniri davom etmoqda. Biz uchun ahamiyatli jihati mazkur jang kechasida eng hamyurtimiz Zarruh Adashev ham o‘z jangini o‘tkazdi. U amerikalik Rayan Benuaga qarshi oktagonga ko‘tarildi va ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

«O‘zimni ajoyib his qilyapman, Pol. Birinchi jangimni ikki kunlik chaqiruv bilan o‘tkazganman va 11 kg vazn tashlashga to‘g‘ri kelgandi. Tushun, o‘sha kungi jangda oktagonga ko‘tarilgan men emasdim. Hozirda esa men g‘alabaga chanqoqligimni sezmoqdaman. UFC‘ga shuncha imkoniyat yaratib bergani uchun tashakkur. To‘liq tayyorgarlik lageri orqali jangga super holda tayyor bo‘ldim va yana turnirlarga qaytganimdan xursandman.»

«Men, shunchaki, UFC jangchisi bo‘lmoqchi emasman: maqsadim - chempionlik. Odamlar men haqimda turli yomon gaplarni aytishayotgan ekan. Emishki, men UFC darajasidagi jangchimas ekanman. Mening havaskorlarda o‘tkazgan 500 ga yaqin jangim bor. Shunday ekan, sizga qaysi raqib qulay bo‘lsa menga bering!»

«Men uchun UFC‘ga o‘tish - asosiy maqsadim edi. Bu uchun 5 yildan beri qattiq mehnat qildim va u samarasini berdi. UFC menga shartnoma bilan chiqqanida juda og‘ir vaznda edim, nima desam ekan, xuddi eng yengil vazndagi mini-DiSi ko‘rinishida tosh bosayotgandim. Tavakkaliga keldim, jangga rozi bo‘ldim va chuqur nokautga uchradim. Ikkinchi jangda ruhiy tomondan muammolarga yo‘liqdim. Ammo, hozir hammasi zo‘h. Hoy, eng yengil vazn toifasi jangchilari, kutib oling men kamar tomon yo‘lga chiqdim!»

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Zarruh Adashev: "Hoy, eng yengil vazn toifasi jangchilari, kutib oling men kamar tomon yo‘lga chiqdim"
[/banner_pushhouse