
“Manchester Siti” rahbariyati tez kunlarda Jek Grilish transferini yakunlaydi. “Aston Villa” xo‘jayinlari “shaharliklarning 100 million funtlik taklifidan yuz o‘gira olmadi va yetakchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
Jek Grilishning kelishi “Manchester Siti”ning ikki futbolchisini ketishga majbur qilishi aytilmoqda. Bu futbolchi maydon markazida bir necha pozitsiyada samarali o‘ynay oladi.
Grilish kelishi sababli Bernardu Silvaning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, Jek o‘z o‘yini bilan Rahim Sterlingni ham maydondagi joyini olib qo‘yishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida Bernardu Silva va Rahim Sterlingdan voz kechishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ayniqsa, Sterling klubda eng katta maosh oladigan ikki futbolchidan biri hisoblanadi va uni zaxirada olib o‘tirish klubga qimmatga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar