Ajoyib sport sharhlovchisi, uztoz jurnalist Mirzahakim To‘xatmirzayev Championat.asia'ning "Jurnalist minbari" loyihasida mehmon bo‘ldi.
Suhbat jarayonida Mirzahakim akaga shunday savol berildi: Muxlislar tasavvurida sharhlovchilar juda ham boy odamlar bo‘lishadi. MTRKda bitta sharh uchun to‘lanadigan gonorar qancha?
"Haqiqatan ham havas qilsa arziydi. Agar siz efirda tomoshabin, muxlis, ishqiboz ko‘ngliga yo‘l topa olsangiz, sizdan boy odam yo‘q. O‘zbekistonning qaysi hududiga borsangiz, sizni tanishsa, quchoq ochib kutib olishsa, eng aziz mehmon o‘rnida ko‘rishsa, sizdan boy odam yo‘q. Bu joyda endi gonorar qanchaligining ahamiyati qolmaydi.
Lekin, bu ko‘rsatuvda ochiqchasiga muloqot qilish mumkinligi uchun aytishim mumkin: televideniyeda maosh unchalik katta emas, hatto juda kichik. Gonorarning hisobiga ko‘proq pul topish mumkin. Ya’ni, qancha ko‘p ishlasangiz, shuncha ko‘p olasiz.
Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsam, televideniye avjiga chiqqan paytda sharhimning 1 daqiqasi uchun oladigan pulim 1 AQSH dollariga teng edi. 1 ta futbol uchrashuvini o‘rtacha 100 daqiqa deb oladigan bo‘lsak, bu 100 dollar degani". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi