3 619
Frezer Klark: "Jalolovni tabriklayman, u ajoyib jangchi, men qo‘limdan kelganini qildim"
Olimpiada o‘yinlari boks musobaqalari +91 kg vaznda yarim final janglari bo‘lib o‘tgan edi. Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov britaniyalik Frezer Klark ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Klark jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu men xohlagan ertak emas, lekin men o‘zim bilan faxrlanaman, bu men uchun katta natija.
Hayotimning so‘nggi olti oyida boks borasida o‘tgan 18 yilga qaraganda ko‘proq ishlar qildim. U yerga eng yaxshilaridan biri sifatida borish men uchun katta sharaf va zavqdir. Men o‘zim va butun jamoa bilan faxrlanaman.
Olimpiadaning bronza medali sovrindoriman, men hech qachon bunday bo‘lishiga ishonmagan edim. Jalolovni tabriklayman, u ajoyib jangchi, men qo‘limdan kelganini qildim", - dedi Klark.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 8 avgust kuni bo‘ladigan final jangida amerikalik Richard Torresga qarshi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirishga doir bitim imzolandi