22:47 / 12.08.2021
3 117

Rasman: Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo‘ladi

Rasman: Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo‘ladi
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilgan. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma’qul deb topilgan.

O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va kelayotgan hafta Katanes o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Katanes ushbu lavozimda O‘zbekistonni 2022 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichiga olib chiqa olmagan Vadim Abramovning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Katanes faoliyati mobaynida Sloveniya, BAA, Makedoniya, Iroq terma jamoalari va «Olimpiakos» klubini boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Iroq terma jamoasi bo‘ldi, uning iroqliklar bilan hamkorlikni to‘xtatishiga maoshlarining to‘lanmagani sabab bo‘ldi. Katanetsning murabbiy sifatidagi eng yaxshi natijasi Sloveniya terma jamoasini 2000 yilgi Yevropa chempionati va 2000 yilgi Jahon Chempionatiga olib chiqqani bo‘lgan.

Qayd etish o‘rinli, Srechko O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan birinchi xorijlik murabbiy emas. Bungacha Ubirajara da Silva (Braziliya), Hans-Yurgen Gede (Germaniya), Robert Hafton (Angliya), Valeriy Nepomnyashchiy (Rossiya), Ektor Kuper (Argentina) kabi bir qator xorijlik mutaxassislar milliy jamoaga ustozlik qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo‘ladi