Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari qatnashchilari bilan uchrashdi. Unda davlat rahbari sovrindorlar qatorida Olimpiada ishtirokchilari ham pul mukofoti bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.
- "Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bo‘lmish Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi katta sharaf va mas’uliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha og‘ir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan o‘tish talab etiladi.
Bu gal omadi kelmagan sportchilarimizga qarata, ruhingiz tushmasin, kelgusi safar baxt sizlarga albatta kulib boqadi, deb ishonch bildirmoqchiman.
Biz Olimpiadaning g‘olib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik.
O‘zbekistonda Olimpiada oltin medali sohiblari – 200 ming AQSH dollaridan, bronza medali egalari – 50 ming AQSH dollaridan mukofot puli bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yilganidan xabaringiz bor, albatta.
Bugun g‘olib va sovrindor sportchilarimizni tayyorlashda chinakam fidoyilik ko‘rsatgan To‘lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylarning nomlarini chuqur hurmat bilan tilga olamiz.
Biz Olimpiya chempionlarining murabbiylarini – 40 ming AQSH dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSH dollaridan mukofotlashni lozim deb topdik.
Agar Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi ko‘p yillik og‘ir tayyorgarlik jarayonidan o‘tishini ko‘z oldimizga keltirsak, ular ham bugun g‘oliblar qatorida taqdirlanishga munosib ekaniga amin bo‘lamiz.
Shuni hisobga olgan holda, bu sportchilarimizning har birini 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirishga qaror qildik", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Tokio—2020 Olimpiadasida O‘zbekistondan 17 xil sport turi bo‘yicha 67 nafar sportchi (65 yo‘nalishda) qatnashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...