Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Turon" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin strategik jihatdan biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. G‘alaba zurar edi. Futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. O‘yinga "So‘g‘diyona"ni o‘rgangan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizga ishonch bildirayotgan rahbariyatimizga ham katta minnatdorchilik bildiraman. Garchi o‘yin muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsada, ishoamanki televizor ortida ko‘plab yaypanlik ishqibozlar bizga dalda berib turishdi. Barchalarini jamoa nomidan tabriklayman", - deydi Igor Shkvirin.
- Humoyun Murtazoyev bugun biroz orqaroqda harakat qilgani sizning ko‘rsatmangiz bilan bog‘liqmi?
- Ha. Chunki tarkibimizdagi Sinisha Babich hali tuzalgani yo‘q. Sardor Abduraimov ham tayyor emas. Shu bois Humoyunni hujumchi ortida sinab ko‘rishga qaror qildik.
- Bugungi uchrashuvda qaysi futbolchi o‘zini ko‘rsata oldi?
- Men aynan bitta futbolchini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim. Barcha futbolchilar ko‘rsatmalarni bajarishdi. Maydonda birinchi o‘rinda xohish va ishtiyoq yuqori ekanligi ko‘rinib turdi. Futbolda qanotlardan tashkil qilingan hujumlar markazdan uyushtirilgan hujumdan ko‘ra doim keskinroq bo‘ladi. Shuningdek muxlislarga ham manzur keladi. Bizda qanotda Bilol Toshmirzayev yaxshi o‘ynamoqda. Unda dribling bor. Umid qilamanki bu bizga foyda keltiradi.
- Sunnatilla Abdullajonovning holati qanday?
- Uning jarohati xavfli emas. Bu futbolda bo‘lib turadigan holat. Jiddiy narsa yo‘q.
- Ayni paytda Superligada qolish uchun quyi o‘rinlardagi jamoalar orasida raqobat kuchli kechmoqda. Sizningcha qaysi jamoalarning Superligadan tushib ketish ehtimoli bor?
- Bu haqida gapirish qiyin. Masalan kecha "Surxon" "Andijon"ni mag‘lub etdi. "Mash’al" "Paxtakor" bilan qanday o‘ynaganini hamma ko‘rdi. Toshkentda durang natijaga erishishi ham mumkin edi. Shunday ekan hammasi oldinda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”