11:59 / 16.08.2021
1 071

Bekzod Abdurahmonov UFCga qachon o‘tishi, rejalari haqida ma’lum qildi

Bekzod Abdurahmonov UFCga qachon o‘tishi, rejalari haqida ma’lum qildi
Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Bekzod Abdurahmonovning UFCda o‘zini sinab ko‘rishi haqidagi xabarlar tarqala boshlangan edi. Bu haqida Olimpiadadan avval kurashchimizning o‘zi ham gapirib o‘tgan. Abdurahmonov ushbu promoushenda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.

Hozir ko‘proq vaqtimni oilamga sarflamoqchiman. Ha, UFC bo‘yicha bir qator takliflar bor, Olimpiada medalidan ular yana ham ko‘payishi aniq. Biroq barchasini keyin ko‘rib chiqaman. Hozir men uchun yaqinlarim davrasida bo‘lish muhimroq. Menimcha, shu yilning oxiri, kelasi yilning boshlaridan bu bo‘yicha harakatlarni boshlasam kerak”, – dedi Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, kurashchimiz bungacha MMAda 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozonishga erishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Bekzod Abdurahmonov UFCga qachon o‘tishi, rejalari haqida ma’lum qildi
[/banner_pushhouse