10:11 / 18.08.2021
2 015

Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)

Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)
O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Rim markazidan uy ijaraga olgan. 2 ming kvadratga yaqin maydonga ega uyda kattagina basseyn, avtoturargoh va 5 ta yotoqxona mavjud, deya yozmoqda «Tribuna.uz».

Xabarda aytilishicha, mazkur uy «Chelsi» bilan 2012 yilda Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan murabbiy Roberto di Matteoga tegishli. Italiyalik mutaxassis uyni «Latsio»da o‘ynagan vaqtida sotib olgan.

Qayd etilishicha, Shomurodov shu vaqtgacha mehmonxonada yashagan va futbolchi oilasi bilan o‘zini erkin his qilishi uchun kvartira emas, hovli ijaraga olishga qaror qilgan.







Rim klubi 3 avgust kuni Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi klubida hozirgacha 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qildi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor A Seriyaning 2020/21 yilgi mavsumida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)