12:45 / 18.08.2021
2 855

WBA Isroil Madrimovning chempionlik jangi uchun ochiq promouterlik auksionini e’lon qildi

WBA Isroil Madrimovning chempionlik jangi uchun ochiq promouterlik auksionini e’lon qildi
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) majburiy da’vogar hisoblangan Isroil Madrimov (7-0, 5KO) va ushbu vaznda WVA Gold chempioni Mishel Soro (35-2-1, 24KO) jangini tashkil etish uchun tashkilot tomonidan ochiq promouterlik auksioni e’lon qilindi.

Promouterlik savdosi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bahsni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun promouterlik kompaniyasi kamida 125 ming dollar (60 foiz chempionga, 40 foiz da’vogarga) miqdorda to‘lov taklif qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBA Isroil Madrimovning chempionlik jangi uchun ochiq promouterlik auksionini e’lon qildi