23:03 / 20.08.2021
2 174

Ulug‘bek Baqoyev: "Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o‘sha futbolchi uchun xursand bo‘laman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o‘sha futbolchi uchun xursand bo‘laman"
Coca Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida
- Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Kubok o‘yini bo‘lgani bois sizda faqat bitta imkoniyat bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, o‘yin oldidan hayajon bor edi. Yigitlarga samarali hatakatlarni amalga oshirganliklari va g‘alaba uchun rahmat aytaman. "Lokomotiv" penaltidan gol urganida o‘yin taqdiri o‘zgarib ketgan bo‘lardi. Bu ruhiy tarafdan ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi deb o‘ylayman. "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi o‘yindirki oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yubormoqda, albatta, bu psixologik jihatdan qiyin. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

- Kubok o‘yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Bugun shu sezildimi?
- Yo‘q, bugun farq sezilmadi. Bir-biriga munosib jamoalar o‘yin o‘tkazishdi. Esingizda bo‘lsa, chempionatda 0:0 o‘ynagan edik. O‘shanda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Bugun ham shunday bo‘ldi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi.

- "So‘g‘diyona"ning O‘zbekiston kubogidagi maqsadi?
- Maqsadimiz – imkon qadar oxirigacha borish.

- Javohir Qahramonovning o‘yini haqida qanday fikrdasiz? Umuman olganda, "So‘g‘diyona"ning qaysi o‘yinchilarini terma jamoa darajasida deb aytolasiz?
- Bilasizmi, kimnidir maqtash yoki yerga urish niyatim yo‘q. Men uchun hamma bir xil. Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o‘sha futbolchi uchun xursand bo‘laman. Futbolchilarimiz terma jamoada munosib o‘yin ko‘rsatishlari uchun ular bilan astoydil ishlashga urinamiz.

- Chorak finalda "Nasaf" raqiblik qiladi. Qanday o‘yin kutyapsiz?
- Keyingi o‘yinimiz "Qizilqum" bilan bo‘ladi. Avval o‘sha o‘yinga tayyorlanamiz, keyin boshqa o‘yinlarga.

- O‘yin paytida qo‘shimcha bo‘limlarga tayyor turganmidingiz?
- Ha, o‘yin vaqtida ham, o‘yingacha ham bunga tayyor turgandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o‘sha futbolchi uchun xursand bo‘laman"