“Spartak” jamoasining italiyalik sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera bu galgi A Seriyaning avvalgilaridan farq qilishi, chempionlik uchun kurashda jamoalarning imkoniyati, klublardagi o‘zgarishlar, murabbiy va futbolchilar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, ayni paytda “Bari” jamoasini boshqarayotgan taniqli mutaxassis tobora kuchayib borayotgan ushbu ligadagi ikkinchi mavsumini “Roma”da o‘tkazadigan o‘zbek legioneri Eldor Shomurodovning Italiya futbolidagi imkoniyatlariga ham baho berdi.
- Bu gal A Seriya avvalgilaridan keskin farq qiladi. Chunki juda ko‘p jamoalarning murabbiylari o‘zgardi. Mauritsio Sarri, Luchano Spalletti, Massimiliano Allegri, Joze Mourino kabi yetuk murabbiylar yangi jamoada ish boshladi. Bu murabbiylarning o‘z jamoalari bilan qanday munosabat o‘rnatishini kuzatish qiziq. “Yuventus”ning kichik ustunligiga qaramay, Italiya chempionati raqobatbardosh bo‘ladi. Turinliklar avvalgi qudratini tiklab oldi.
Mening qalbimdan doimiy joy olgan “Atalanta” ham o‘tgan mavsum favqulodda zo‘r o‘ynadi. Melix Demiralni olib, himoyadagi muammolarni yopishdi. Asosiy o‘yinchilardan Gomes ketib qoldi, biroq Muriel va Sapata uning yo‘qligini bildirmadi. Agar Sapata ham ketib qolmasa, bergamoliklar yangi mavsumda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Romelu Lukakusiz “Inter” kuchsizlanib qoldi. Ashraf Hakimi ham ketdi, Kristian Eriksen endi futbol o‘ynayolmaydi. Menimcha, milanliklar Lukaku o‘rniga Edin Jekoni olib kelgani bilan jamoaviy sifatini yo‘qotib bo‘lgan. Odatda, amaldagi chempion kelasi mavsum favoriti hisoblanadi, biroq menimcha, “Inter” juda ko‘p yetakchilarini yo‘qotib bo‘ldi.
Men Shomurodovni o‘tgan yili “Jenoa”dagi o‘yinlarini ko‘rganman. U o‘zida ko‘plab xususiyatlarni jamlagan yaxshi hujumchi, biroq u yana o‘sishi kerak. Menimcha, Joze Mourino uning yanada yaxshi sifatlarini ochib beradi.
Shuningdek, A Seriyada men yaxshi bilgan Aleksek Miranchuk bor. O‘yini menga yoqadi, iqtidorli ajoyib o‘yinchi. Italiya futbolining taktik jihatlariga moslashish qiyin. Lekin u buni uddalaydi.
E’tibor qaratish kerakki, Italiya futboli o‘z mavqeini Yevropa chempionatida namoyish qila oldi. Italiya terma jamoasida zo‘r o‘yinchilar va ulardan juda kuchli jamoa shakllantirgan ajoyib murabbiyib bor. U tajribali va yosh o‘yinchilarni birlashtira oldi. Bu eng avvalo Italiyaning yutug‘i va chempion bo‘ladigan jamoani jamlab, uni cho‘qqiga ko‘targan Roberto Manchinining mehnatlari samarasidir. Va albatta, A Seriya terma jamoa muvaffaqiyatidan faqatgina yutdi, - dedi Massimo Karrera.
Massimo Karrera 2016-2018 yillarda “Spartak”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida moskvaliklar Rossiya chempioni va Superkubogi sohibiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Jozu Mourino boshqaruvidagi “Roma” A Seriyaning birinchi turida “Fiorentina”ni qabul qiladi.
Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi