
Italiya A Seriyasi 1-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Fiorentina" uchrashuvi rimliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Bo‘rilar" tarkibida Abraxam va Shomurodovning assistidan keyin Veretu hamda Mxitaryan raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, florensiyaliklarning yagona aniq zarbasi Nikola Milenkovich tomonidan yo‘llandi.
Statistik ma’lumotlar berib boruvchi "WhoScored.com" nashri mazkur qarama-qarshilik uchun qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Shomurodov 7 ballga loyiq ko‘rildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar