11:30 / 26.08.2021
1 550

Srechko Katanes va Ravshan Ermatov "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvini stadiondan kuzatdi

Srechko Katanes va Ravshan Ermatov "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvini stadiondan kuzatdi
Kecha Ravshan Ermatov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanes Qashqadaryoga tashrif buyurib, viloyatdagi futbol klublar va ularning bazalarini ko‘zdan kechirishdi.

Sloveniyalik mutaxassis “Nasaf” U-21 va U-18 jamoalari qarorgohida klub murabbiylari bilan yurtimiz futboli hamda yosh futbolchilarning potensiali xususida suhbatlashdi, kelajakda o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng, Ravshan Ermatov va Srechko Katanes OFK kubogining Markaziy mintaqasi final uchrashuvi doirasidagi “Nasaf” — “Ahal” jamoalari o‘rtasidagi bahsni stadiondan kuzatib borishdi.

“Markaziy” stadionda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev sloveniyalik mutaxassisga milliy urf-odatlarimizga xos mehmondo‘stlik ko‘rsatdi.

Qolaversa, viloyat hokimi O‘FA Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqovni kuni kecha e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan muborakbod etdi.

Ma’lumki, Qashqadaryo futboli rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan taniqli mutaxassis Sergey Kucherenko yaqinda 60 yoshni qarshiladi. Ravshan Ermatov O‘FA nomidan Kucherenkoga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes va Ravshan Ermatov "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvini stadiondan kuzatdi