00:19 / 28.08.2021
2 657

Rio Ferdinand: "Ser Aleks Ronaldu "Siti" formasini kiyishini ko‘tara olmasdi"

Rio Ferdinand: "Ser Aleks Ronaldu "Siti" formasini kiyishini ko‘tara olmasdi"
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytdi. "Manchester Yunayted" afsonasi Rio Ferdinand jamoaning boshqa bir afsonalaridan biri Krishtianu Ronalduning MYUga qaytishi haqida gapirdi.

"Ser Aleks Ronaldu "Siti" formasini kiyishini ko‘tarolmasdi. MYUga bog‘langan hech qaysi inson buni hazm qila olmaydi. Men unga qo‘ng‘iroq qildim va so‘radim: Nimalar bo‘lyapti? Bu hazilmi? Men shunchaki bunga ishona olmasdim. Krishtianudan "Siti"ga o‘tmayotganini aniqlashtirishni xohlagandim. Tez orada biz juda ajoyib xabarlarni eshitamiz deb umid qilaman. Bu yoz aql bovar qilmas transferlarni bizga taqdim etdi. Tez orada, "Yunayted" ham o‘ziga kerakli bo‘lgan narsaga erishadi deb o‘ylayman", - degan edi Rio Ferdinand MYU Krishtianu Ronalduning transferini e’lon qilishidan bir necha soatlar avval.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio Ferdinand: "Ser Aleks Ronaldu "Siti" formasini kiyishini ko‘tara olmasdi"